
"Liverpul" ketma-ket 36 o‘yina raqib darvozasiga to‘p kiritdi va APL rekordini takrorladi
"Liverpul" APL da ketma-ket 36 o‘yinda gol urdi va liga tarixidagi 3-natijani takrorladi. Premer-Liganing 2-turida Arne Slot rahbarligidagi jamoa "Nyukasl"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Amaldagi chempion o‘zining gol urish seriyasini 36 o‘yinga etkazib, liga tarixidagi uchinchi natijani takrorladi.
Rekord "Arsenal"ga tegishli bo‘lib, unda 2001 yil maydan 2002 yil dekabrgacha ketma-ket 55 ta o‘yinda gol urilgan (bunga 2001/02 yildagi to‘liq chempionlik mavsumi ham kiradi).
Ikkinchi o‘rinda "Tottenxem" seriyasi turibdi - 2023 yil martdan 2024 yil martgacha 39 ta o‘yin.
Uchinchi o‘rinda (36 o‘yin) - "Liverpul"ning ikki seriyasi (hozirgi va 2019 yil martdan 2020 yil fevralgacha bo‘lgan) hamda "Manchester Yunayted" seriyasi (2007 yil noyabrdan 2008 yil noyabrgacha) joylashgan.
Fikrlar