"Liverpul" Mauntdan tashqari yana bir "Chelsi" yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 5 aprel, 2023, 00:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yozda bir qancha yarim himoyachilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Klubning asosiy maqsadi Jud Bellingem bo‘lib turibdi. Ammo mersisaydliklar futbolchiga qiziqayotgan yagona jamoa emas. Shu sababli, 19 yoshli inglizga muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. 

Tecno

"Independent" nashri xabar berishicha, "Liverpul" Konor Gallaxerni sotib olmoqchi. Ushbu transfer taxminan 40 million funt sterlingga baholanmoqda. 

Konor qishda London klubini tark etishi mumkin edi. Unga "Everton"dan taklif tushdi, lekin 23 yoshli futbolchi "aristokratlar" tarkibida qolib, asosiy tarkib uchun kurashishni istadi. 

Grem Potter Gallaxerga etarlicha imkon bermadi, deya hisoblanmoqda. U mazkur mavsumda "Chelsi" safida 1200 daqiqa maydonda harakatlandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!