“Liverpul” Muhammad Saloh va Virjil van Deyk bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 10 aprel, 06:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionligiga yaqin turgan “Liverpul” o‘z etakchilari Muhammad Saloh hamda Virjil van Deyk kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.

Tecno

Klub rahbariyati Trent Aleksander Arnold erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishni ma’qul topganidan keyin Saloh va van Deyk masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “qizillar” har ikki o‘yinchi bilan yangi shartnoma tuzishga juda yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, har ikki yulduz vakillari bilan davom etayotgan muzokaralarning yakuniy bosqichi ham muvaffaqiyatli davom etmoqda.

32 yoshli Muhammad Saloh joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 32 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 22 ta golli uzatma berdi.

33 yoshli Virjil van Deyk esa, 43 ta o‘yinda himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!