
"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar
“Liverpul” rasmiy saytida kecha “Everton”ga (2:2) qarshi derbida jiddiy jarohat olgan himoyachi Virjil van Deyk haqida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, 29 yoshli gollandiyalik futbolchining tizza paylari jiddiy shikastlangan. Shifokorlar uni darhol operatsiya qilish lozimligini aytgan. Klub bayonotida van Deykning qachon safga qaytishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Virjil “Everton”ga qarshi o‘yinda raqib darvozaboni Jordan Pikford bilan to‘qnashuv oqibatida jarohat olgan edi.
Fikrlar