
“Liverpul” nega futbolchi sotib olmayapti? Murabbiy javob berdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot mersisaydliklar klubining transferlar bozorda passivligidan xavotirda emasligini aytdi. Gollandiyalik mutaxassisning fikricha, u bor e’tiborini jamoani 2024/2025 yilgi mavsumga tayyorlashga qaratgan.
“Bu klubda ish boshlaganimda asosiy vazifam jamoani yangi mavsumga tayyorlash edi. "Liverpul" sport direktori transferlar ustida ishlamoqda, u meni yangiliklardan xabardor qilib turibdi, lekin mening barcha e’tiborim shu erda va hozir bor futbolchilarga qaratilgan”,-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
45 yoshli Arne Slot 2021 yilning yozidan buyon “Feyenoord” bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bu davrda uning qo‘l ostida “Feyenoord” barcha turnirlarda 145 uchrashuvda ishtirok etib, 94 marta g‘alaba qozongan, 27 marta durang o‘ynagan va 24 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar