"Liverpul" o‘z etakchisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Liverpul" etakchisi Sadio Mane jamoada qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, "qizillar" senegallik futbolchi bilan amaldagi shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi hozirgi bitim 2023 yilning 30 iyun sanasigacha mo‘ljallangan.
Mane "Liverpul" safiga 2016 yilda "Sautgempton"dan kelib qo‘shilgan va 222 uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 99 gol va 43 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar