"Liverpul" o‘zining dastlabki transferiga yaqin turibdi

"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara yaqin vaqtlar ichida "Liverpul" futbolchisiga aylanadi.

Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, ikkala klub o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichiga chiqdi.

Myunxenliklar ushbu transferdan 35 million evro ishlab olish niyatida, "Liverpul" esa ushbu raqamlarni pasaytirishga urinib ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Alkantara 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!