"Liverpool" rahbariyati Slotga yangi vazifa berdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsum yakuniga qadar jamoani tark etmasligi oydinlashib bormoqda. Biroq mutaxassis oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishi shart.
"MatchDay Central" nashri bergan maʼlumotiga koʻra, "qizillar" rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisga borgan sari koʻproq ishonch bildirmoqda va yaqin oylarda u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Ammo rahbariyat Slotdan APLning joriy mavsumini kuchli toʻrtlikda tugatishni talab qilmoqda. Shuningdek mersisaydliklar APLda chempionlik uchun deyarli imkoniyat qolmaganligi sababli, jamoaning YEChL gʻolibligi uchun kurashishni istayapti.
Avvalroq "Liverpul" Slotni, yanvar oyida Madridning «Real» klubidan boʻshatilgach ishsiz qolgan Xabi Alonsoga almashtirishga tayyor ekani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Eslatib oʻtamiz, "Liverpul" ayni vaqtda APL turnir jadvalida 28 ta uchrashuvda 48 ochko jamgʻargan holda 5 pogʻonani egallab turibdi.
Fikrlar