"Liverpul" "Roma"ning taklifini rad etdi

"Roma" jarohatlangan yarim himoyachi Nikolo Dzanologa o‘rinbosar izlashni davom etmoqda.

Shu sabab rimliklar "Liverpul"ga yarim himoyachi Jerdan Shakirini mavsum so‘nggigacha ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqishdi. Biroq "mersisaydliklar" rad javobini berishdi.

Ma’lumot uchun, shvetsariyalik joriy mavsumda "Liverpul" libosida 6 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!