“Liverpul” Saloh, Mane va Firmino bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 25.04.2022 03:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Liverpool Echo nashrining xabar berishicha, “Liverpul” rahbariyati jamoaning hujum triosi – Muhammad Saloh, Sadio Mane va Roberto Firminoni saqlab qolishga qaror qilgan.

Uchala hujumchining amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Shu bois klub mutasaddilari bor e’tiborini ular bilan hamkorlikni uzaytirish uchun yangi bitim tuzishga qaratadi.

Joriy chempionatda Muhammad Saloh  yigirma ikkita, Sadio Mane o‘n to‘rta va Roberto Firmino beshta gol muallifi bo‘ldi.

“Liverpul”ning o‘zi chempionlik uchun kurashda “Manchester Siti” bilan raqobatni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!