“Liverpul” yangi bosh murabbiyni tanishtirishga tayyor
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunlanishi bilan lavozimidan ketadi.
Insayder Fabritsio Romano “qizillar” boshqaruviga Arne Slot kelishini ta’kidlamoqda. Bu mutaxassis ayni paytda “Fayenoord”da ishlayapti.
Manbaning ta’kidlashicha, liverpulliklar yangi bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan Slot bilan hamkorlik hujjatlarini imzolab bo‘lgan. Bu haqda tez orada rasmiy e’lon chiqishi kutilmoqda.
“Liverpul” yangi bosh murabbiy uchun “Feyenoord”ga 13-15 million evro miqdorida bajal puli to‘laydi.
45 yoshli mutaxassis “Feyenoord”ni 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. Slot qo‘l ostida bu jaoa jami 145 ta uchrashuvda ishtirok etib, 94 ta g‘alaba, 27 ta durang va 24 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar