"Liverpool" yarim himoyachisi jamoani tark etishni istamoqda
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister klubini oʻzgartirish niyatida. Bu haqida "fichajes" nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, futbolchi transfer masalasida klub rahbariyatiga soʻrov yuborgan. Taʼkidlanishicha, argentinalik yarim himoyachi boshqa chempionatda oʻz kuchini sinab koʻrishni xohlamoqda.
Avvalroq OAVlarda Mak Allister PSJ va "Real" klublari qiziqish doirasiga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Angliya Premier-ligasida 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar