
“Liverpul” yoki “Barsa”? Veynaldum bir qarorga keldi
“Liverpul” etakchisi Jorjino Veynaldumning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri hamyurtini Kataloniyaga chorlamoqda.
Nihoyat, Veynaldum kelajagi borasida bir qarorga keldi. U “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolamaydi va mavsum yakunlanishi bilan erkin agent maqomini oladi.
29 yoshli yarim himoyachi “Barselona” taklifini qabul qilishga tayyor. U o‘z qarori haqida “Liverpul” rahbariyatini ogohlantirdi. Endi ular futbolchi tekinga ketib qolmasligi uchun qishki transferlar vaqtida uning transferini tezlashtirib, oz bo‘lsa-da, pul ishlab qolmoqchi.
Fikrlar