"Liverpul" yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Konate o‘rniga germaniyalik himoyachini olib kelmoqchi

  • 12.10.2025 13:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning etakchi klublaridan biri — “Liverpul” Dortmundning “Borussiya” jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

"DaveOCKOP" nashrining xabar berishicha, klublar o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan va jarayon hozircha ilk bosqichda.

Nemis futbolchisiga “Barselona” ham qiziqish bildirgani ma’lum qilingan.

25 yoshli Shlotterbekning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer bahosi 40 million evroga teng.

Joriy mavsumda himoyachi jarohati tufayli mavsum boshini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, hozircha "arilar" safida 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!