“Liverpul” yulduzi superklubdan taklif oldi

  • 14 may, 2022, 21:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning mashhur Bild nashri mamlakat chempioni “Bavariya” jamoa to‘purari Robert Levandovski o‘rniga undan kam bo‘lmagan hujumchi topganini ma’lum qildi.

Tecno

Myunxenliklar senegallik hujumchi Sadio Mane transferini so‘rab, “Liverpul” mutasaddilariga murojaat qilgani aytilmoqda.

Manening liverpulliklar bilan kelishuvi bir yildan keyin yakunlanadi. Tomonlar hamkorlikning yangi shartlari bo‘yicha hali bir qarorga kelmadi. “Bavariya” bundan  foydalanib, 30 yoshli yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Shu o‘rinda, Sadioga “Barselona” ham da’vogarlik qilayotganini aytish joiz.

Mane uchun mavsum omadli davom etmoqda. U ichki va xalqaro musobaqalarda 48 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Shuningdek, Sedio Mane Senegal terma jamoasi tarkibida Afrika Millatlari kubogi musobaqasida bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!