“Liverpool” yulduzi uchun mavsum tugadi

  • 03.03.2026 14:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadjimé Moriyasu yarim himoyachi Vataru Endo operatsiya o‘tkazganini va bu mavsumda “Liverpul” safida boshqa o‘ynamasligini ma’lum qildi.

Endo 11 fevral kuni “Liverpul” safida “Sanderlend” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan edi. “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot shikast jiddiy ekanini tan olgan, ammo futbolchi mavsum oxirigacha maydonga qaytishidan umidvor ekanini bildirgan edi.

Afsuski, 33 yoshli Endo uchun joriy mavsum tugadi. Shunga qaramay, futbolchi yozda bo‘ladigan jahon chempionatigacha sog‘ligini tiklab, terma jamoasiga yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.

- U operatsiya qilinganini va hammasi yaxshi o‘tganini eshitdim, ammo tafsilotlarni bilmayman.

Endoning rejasi — jahon chempionatiga tayyor bo‘lish, shuning uchun hozir operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni ko‘rib chiqilmoqda.

Jahon chempionatida o‘ynashi uchun uning o‘zi, klub va barchamiz bir fikrda bo‘lishimiz kerak, - dedi Moriyasu Nikkan Sports nashri jurnalistlariga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!