“Liverpool” yulduzini superklublarga sotishga rozi bo‘ldi

  • 05.02.2026 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2023 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelayotgan argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allisterning klubdan dan ketishi haqidagi gap-so‘zlar yana kuchaymoqda.

Indykaila News nashri ma'lumotiga ko‘ra, mavsum yakunlangach, “qizillar” bu futbolchini sotib yuborish variantida to‘xtalishi kutilmoqda.

Qimmatbaho o‘yinchiga hozirning o‘zida ikki grand – “Real” va “Bavarya” jiddiy qiziqish bildiryapti. Ular maydon markazini kuchaytirish uchun argentinalik jahon chempioniga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Transfermarkt portali ekspertlari Mak Allisterni 85 million yevroga baholamoqda. 27 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Aleksis aslida “Arxentinos Xuniors” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Boka Xuniors”da ham o‘ynagan. Angliyaga Mak Allister “Brayton” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!