
"Liverpul"da tozalash ishlari boshlanadi
"Liverpul"ning 3 nafar futbolchisi mavsum oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Gap yarim himoyachilar Nabi Keyta, Aleks Oksleyd-Chemberlen va allaqachon 37 yoshni qarshilagan Jeyms Milner haqida ketmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klub rahbariyati yozda "tozalash" ishlarini olib boradi. Mersisaydliklar allaqachon yarim himoyadagi potentsial maqsadlar ustida faol ishlamoqda. "Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemdan tashqari "bo‘rilar" futbolchisi Mateus Nunes ham allaqachon jamoaning radariga tushishga ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp jamoasi ayni damda Angliya premer-ligasi turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar