
"Liverpul"da Trentni saqlab qolish uchun hech qanday imkon yo‘q"
"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Tim Shervud yangliyalik himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning "Liverpul"dagi kelajagi haqidagi o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli o‘ng qanot himoyachisining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida nihoyasiga etadi. Unga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Menimcha, Trent ketadi. U "Liverpul" bilan hamma narsani yutib bo‘ldi, endi "Real"ga ketish kerak. U "Liverpul"da ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda, lekin hozir ularda Trentni ushlab qolish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q deb o‘ylayman", - dedi Shervud Goal nashriga bergan intervyusida.
Trent Aleksandr-Arnold butun faoliyati davomida "Liverpul" safida o‘ynagan. Futbolchi o‘tgan davr mobaynida mersisaydliklar tarkibida jami 321 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 83 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar