"Liverpool"futbolchisi kelajagini Jahon chempionatigacha hal qilmoqchi

  • 07.04.2026 13:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate o‘z kelajagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin aniq bo‘lishini istamoqda. Bu haqida "L’Equipe" xabar berdi.

Hozircha eng ehtimoliy variant — fransiyalik futbolchining "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar qisqa tanaffusdan keyin yana qayta tiklangan.

Konatening amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngigacha mo‘ljallangan. Avvalroq matbuotda u "Real"ga o‘tishni istayotgani va taklif kutayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Himoyachi "Liverpul"dagi beshinchi mavsumini yakunlamoqda. Shu vaqt ichida u "qizillar" safida 174 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!