"Liverpul"ga "Real" futbolchisi kerak
"Real" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Isko uchun yana bir da’vogar topildi.
El Desmarque nashriga ko‘ra, "Liverpul" 27 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolash niyatida. Ma’lumot uchun futbolchining transfer summasini "qaymoqrangliklar" 70 million evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isko uchun ingliz klublaridan "Chelsi" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildirayotgan edi.
Yurgen Klopp boshqaruvidagi "qizillar" Filippe Koutino klubni tark etganidan buyon yaxshi pleymeykerga ehtiyoj sezmoqda.
Joriy mavsumda Isko "Real" libosida Primerada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar