"Liverpul"ga "Vest Xem" futbolchisi kerak
"Liverpul" klubi "Vest Xem" yarim himoyachisi Felipe Andersonga qiziqib qoldi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar ijodkor futbolchi qidirishmoqda va bu borada ularning e’tibori aynan 26 yoshli braziliyalik futbolchiga tushgan. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning transferi 40 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Anderson joriy mavsum APLda jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar