"Liverpul"ning asosiy futbolchilaridan biri safdan chiqdi

  • 13.11.2019 20:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi chap qanot himoyachisi Endryu Robertson jarohat sabab safdan chiqdi.

Daily Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli futbolchi tovonidan jarohat olgan. Shifokorlar uning sog‘ayishi uchun taxminan 2 hafta talab etilishini aytishmoqda.

Shu tariqa u Shotlandiya terma jamoasiga Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Qozog‘iston va Kipr terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda yordam bera olmaydi.

Ma’lumot uchun, Robertson joriy mavsum “Liverpul” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!