"Liverpul"ning "teshik" darvozaboni vataniga qaytib ketadi

  • 24.05.2020 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

“Liverpul” klubi darvozaboni Loris Karius yana Bundesligaga qaytishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, so‘nggi mavsumni “Beshiktosh”da ijarada o‘tkazib qaytgan germaniyalik posbonni “Gerta” o‘z safida ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, berlinliklar Kariusga mart oyidan buyon qiziqib kelishadi. Eng muhimi, har ikkala tomon ham shartnoma imzolashga qarshi emas.

Kariusning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
24/05/2020 14:25
Bu sarlavha rasmiy sayt uchun juda qo'pol menimcha, u teshik yirtiq bo'lgan taqdirda ham boshqacha yozish kerak