
"Loko" - "Bunyodkor", "Navbahor" - "Turon" uchrashuvlari uchun qaydnomalar e’lon qilindi (foto)
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. 16 aprel sanasida turning ikki o‘yini bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ilk bahs 18:05 da start oladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida o‘tkaziladigan "Vodiy derbisi"da "Navbahor" debyutant "Turon"ni qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yinda namanganlik muxlislar o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi. Ushbu bellashuv uchun qaydnomalar e’lon qilindi:
Shuningdek, kunning ikkinchi qarama-qarshiligida "Toshkent derbisi" bo‘lib o‘tadi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni mehmon qiladi. Yuqori tempda kechishi kutilayotgan derbi uchun jamoalarning kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi:
Fikrlar