
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuviga kirish 13 yoshgacha bo‘lgan yosh muxlislar uchun bepul
Ushbu uchrashuvga kirish chiptalari 23 sentyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. Chipta narxlari 3 ming so‘mdan boshlanadi. "Temiryo‘lchilar" muxlislari 4 sektordan o‘rin olsa, "qaldirg‘ochlar" 7 sektorga joylashadi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar 3-4-5 sektorlardan o‘rin egallashlari mumkin. 13 yoshgacha bo‘lgan yosh muxlislar uchun esa kirish bepul.
Fikrlar