"Lokomotiv" - "Metallurg" bahsida darvozalar daxlsiz qoldi

  • 13 oktabr, 2020, 19:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” klubi ham Superligamizda yuzaga kelgan tanaffus tufayli bor e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratgan. Qolaversa, futbolchilarning o‘yin amaliyotini saqlab turish uchun o‘rtoqlik uchrashuvi ham o‘tkazildi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 13 oktyabr kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat o‘yini tashkil etildi. Ammo ushbu uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi.

“Lokomotiv” tarkibi: Javohir Ilyosov, Dilshod Komilov, Avazbek O‘lmasaliev,  Kaxi Maxaradze, Sherzod Fayziev, Jahongir Abdumo‘minov, Aziz Amonov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Diyor Turopov, Marat Bikmaev, Temurxo‘ja Abduholiqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Bobur Asqarov, Shahzod Shaymanov, Kirill Pogrebnyak.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” 19-tur doirasida 19 oktyabr kuni o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!