"Lokomotiv" Turkiyada ukrain klubini mag‘lub etdi

  • 4 fevral, 2018, 21:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bugun yig‘in doirasida Ukrainaning “Oleksandriya” jamoasiga qarshi nazorat  uchrashuvi o‘tkazdi.

Tecno

Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda “temiryo‘lchilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Klub rasmiy saytida yozilishicha, endi "Lokomotiv" ertaga Toshkentga qaytib keladi. Futbolchilarga 2 kunlik qisqa ta’til beriladi. So‘ng 7 fevraldan jamoa o‘z qarorgohida yig‘ilib, OChL-2018 1-tur o‘yiniga uyda hozirlikni davom ettiradi.

Nazorat uchrashuvi

“Lokomotiv” (O‘zbekiston) – “Oleksandriya” (Ukraina)  3:1

Gollar: Sanjar Shoahmedov (2 ta), Igor Elich

“Lokomotiv” (asosiy tarkib): Nesterov, Abdullaev, Aliboev, Bikmaev, Karimov, Maxaradze, Mirzaev, Muhammadiev, Shoahmedov, To‘xtaxo‘jaev, Zoteev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!