"Lokomotiv" bosh murabbiy masalasida bir qarorga keldi!
Kecha saytimiz orqali “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko bilan suhbat chop etilgan bo‘lib, unda murabbiyning taqdiri so‘roq ostida qolganligi, klub rahbariyati yig‘ilish o‘tkazib bir qarorga kelishi xususida gap borgandi.
Bugun “Lokomotiv” rahbariyati yig‘ilish o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, bosh murabbiy o‘z vazifasida qoldirilgan. Bu xususida Korostichenko Sports.uz muxbiriga ma’lum qildi.

“Yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, hammasi joyida, men o‘z joyimdaman. Biz transferlar va keyingi ish rejalarini muhokama qildik. Rahbariyat esa menga ishonishini bildirdi. Biz endi natijani yanada yaxshilashimiz kerak. Yozgi yig‘in davomida Toshkentda tayyorgarlik ko‘ramiz va 3 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, - dedi bosh murabbiy.

Fikrlar