
"Lokomotiv" Dilshod Jo‘raev bilan kelishuvga erishdi
Birinchi davrani ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagan “Lokomotiv” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida selektsiyada faol bo‘lishi va tarkibini kuchaytirishi kutilmoqda. Bu borada klub allaqachon samarali ishlarni boshlab yuborgan.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, “Lokomotiv” klubi 32 yoshli yarim himoyachi Dilshod Jo‘raev bilan kelishuvga erishgan. Uning oxirgi jamoasi “Buxoro” edi. Ammo bu yil birinchi davrada u biror-bir klubda ko‘rinish bergani yo‘q. Ayni paytda Jo‘raev bor e’tiborini yangi klubiga qaratgan.
Fikrlar