"Lokomotiv" Kolosovskiy va yana boshqa murabbiylar bilan hamkorlikni to‘xtatdi

  • 26 iyun, 13:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 10-turida Nukusda "Aral"ga 2:0 hisobida malubiyatga uchragan "Lokomotiv" klubida murabbiylar o‘zgardi. Bu haqida klub matbuot xizmati rasmiy xabar berdi:

Tecno

"Pro liga ikkinchi davra bahslari o‘z nihoyasiga etdi. "Lokomotiv" PFK rahbariyati dastlabki ikki davra bo‘yicha asosiy jamoamiz ishtirokini tahlil qilgan holda murabbiylar shtabi bilan o‘zaro hamkorlikni tugatishga qaror qildi.

Pro liga doirasida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan jamoamiz 6 bor g‘alaba qozonib, ikkitadan uchrashuvda mag‘lubiyat va durang qayd etdi. Toshkentda "Olimpik Mobiuz", Nukusda "Aral"ga boy berilgan o‘yinlar hamda "FarDU" va "Jayxun" klublari bilan durang klubimiz rahbariyati tomonidan qoniqarsiz natija deb baholandi.

Shuningdek O‘zbekiston Kubogida guruhdan chiqa olmaganimiz ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy, yordamchi murabbiy Denis Toymentsov hamda darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov bilan shartnoma bekor qilindi.

Murabbiylar shtabiga o‘zaro hamkorlik uchun minnatorchilik bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi xabarda.

"Lokomotiv"ni endi kim boshqarishi tez orada ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!