"Lokomotiv" mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 25.07.2025 10:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro liga vakili - "Lokomotiv" klubi ham yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirmoqda. Shu bilan birga nazorat o‘yinlari ham tashkil qilinyapti. 

Toshkentda Mirko Elichich boshqaruvidagi "Loko" Superliga qatnashchisi - "Mash’al"ga qarshi bahs olib bordi. "Lokomotiv" 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda o‘yin 2:2 natijasi bilan tugadi.

“Lokomotiv” - “Mash’al” - 2:2 (0:1)

Gollar: Humoyun Murtazoev (35, 0:1), Anzur Ismoilov (58-avtogol, 0:2), Quvonchbek Abraev (62, 1:2), Abdushukur Mahamatov (90+3, 2:2).

"Lokomotiv": Rahimjon Davronov, Kirill Todorov, Anzur Ismoilov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Jaloliddin Sodiqov, Levan Arveladze, Diyorjon Turopov, Quvonchbek Abraev, Akaki Shulaya, Nikola Popovich, Shodiyor Shodiboev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Danil Baklanov, Xosrov Xananov, Davron Hoshimov, Ozodbek O‘ktamov, Firdavs Hamidullaev, Chingiz Seytjanov, Muhammad-Yusuf Husanov, Farruhbek Muxtorov, Asadbek Rejabboev, Abdushukur Mahamatov, Muhriddin Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!