"Lokomotiv" U21 jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Anvar Rahimov - "Lokomotiv" U21 jamoasi bosh murabbiyi.
"Klubimiz rahbariyati yangi mavsumda yoshlarimizni boshqarishni Anvar Rahimovga ishonib topshirdi. Anvar Rahimovga "Lokomotiv"ga xush kelibsiz deymiz va yangi mavsumda g'alabalar tilab qolamiz” - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Anvar Rahimov o'tgan mavsumda "Bunyodkor" U21 jamoasini boshqarib, jamoani 6 yillik tanaffusdan so'ng medal sari yetakladi va kumush medallarga ega chiqdi.


Fikrlar