
"Lokomotiv" yana bir transferni e’lon qildi (Foto)
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" o‘z safiga yana bir hujumchini qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mavsumning birinchi yarmini "Qo‘qon-1912"da o‘tkazgan Mo‘min Meliev "temiryo‘lchilar" bilan kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, Mo‘min Meliev 1997 yilning 5 aprel sanasida Jizzaxda tavallud topgan.
25 yoshli hujumchi faoliyati davomida "So‘g‘diyona", "Mash’al" va "Qo‘qon-1912" klublarida to‘p tepgan.
Fikrlar