"Lokomotiv"dan ketgan Muhammadanas Hasanov yangi klubga o‘tdi

  • 02.01.2025 15:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirish ishlarini olib borayotgan “Bunyodkor” yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Sports.uz sayti insayderining ma’lum qilishicha, “Qaldirg‘ochlar” 29 yoshli yarim himoyachi Muhammadanas Hasanov bilan kelishuvga erishdi.

Futbolchi 2024 yilni “Lokomotiv” tarkibida o‘tkazdi. U erda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli pasni berdi.

Shuningdek, Hasanov faoliyati davomida “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona” va OKMKda ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!