"Lokomotiv"ning ispaniyalik futbolchisi jamoa bilan xayrlashdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Diego Bardanka "temiryo‘lchilar" safini tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi "Instagram"dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
"Oldinga intilish vaqti keldi, lekin hayotimning ushbu mazmunli bobini yopishdan oldin, men rahmat aytmoqchiman.
"Lokomotiv"ni himoya qilish men uchun katta sharaf edi. Bunday ajoyib insonlar bilan uchrashish va ushbu go‘zal mamlakatni kashf etishdan mamnunman, yana bir bor minnatdorman", -deya yozib qoldirdi futbolchi.
Ma’lumot uchun, yangi mavsum oldidan "Loko" safiga kelib qo‘shilgan himoyachi toshkentliklar safida 4ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar