"Lokomotiv"ning "Rotor"ga qarshi o‘yini nega bekor qilindi?

  • 10 fevral, 2021, 17:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi va Volgogradning "Rotor" klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini O‘zbekiston jamoasi tomonidan bekor qilindi.

Tecno

Gap shundaki, o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifi bilan chiqqan rus klubi “temiryo‘lchilar”ga kiyim almashtirish uchun juda kichik joy ajratgan va natijada bundan qanoatlanmagan “Lokomotiv” o‘yinni bekor qilgan. Bu haqda “Lokomotiv” o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Aytish kerakki, o‘yin “Rotor” ijaraga olgan qarorgohda o‘tkazilishi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!