Loris jamoadoshi uchun afsusda

  • 11.12.2022 12:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) va jamoadoshining omadsiz o‘yini haqida gapirdi.

Loris «Tottenxem»dagi jamoadoshi Xarri Keynning 84-daqiqada penaltini amalga oshira olmaganidan afsusda.

"Men g‘alabadan juda xursandman. Biroq hafsalamni pir qilgan holat Keynning ikkinchi penaltisi bo‘ldi. Bu epizodni ko‘rganimdan afsusdaman", - dedi Loris.

Eslatib o‘tamiz, Loris terma jamoasi safida o‘yinlar soni bo‘yicha yagona rekordchiga aylangan edi (143). Uning jamoasi yarim finalda Marokashga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!