Lui van Gal de Ligtga "Manchester Siti"ga o‘tishni maslahat berdi

  • 02.06.2019 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gollandiyalik mashhur mutaxassis Lui van Gal "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtga "Manchester Siti"ga o‘tishni maslahat berdi.

“De Ligt “Barselona”ga o‘tishi mumkin, ammo men ularning himoyachilarini yoqtirmayman. U “Barselona”da o‘ynashi mumkin, lekin u “Manchester Siti”da ham o‘zini ko‘rsata oladi. Men uning o‘rnida bo‘lsam, Gvardiolani tanlardim, Messini emas”, - deydi va Gal.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga "Barselona"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Real", "Yuventus" va PSJ klublari ham xaridor bo‘lishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!