Luis de la Fuente "Barselona" bilan Yamalning jarohati bo‘yicha kelib chiqqan mojaro haqida fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" bilan Lamin Yamalning jarohati yuzasidan kelib chiqqan mojaroga munosabat bildirdi.
"Men buni tushunmadim, chunki Flik ham terma jamoa murabbiyi bo‘lgan. Oxirida har kim o‘z qilgan ishlari bilan baholanadi. Ba’zan men ham klublar pozitsiyasini tushunmayman, ammo ularning futbolchilarni terma jamoaga jo‘natishga tayyorligini qadrlayman.
Barcha futbolchilar terma jamoa sharafini himoya qilishni xohlaydi. Klublar ham buni xohlaydi, chunki bu har bir klub aktivining qiymatini oshiradi", — dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente.
Fikrlar