
Luis Enrike: Biz Germaniyani mag‘lubiyatga uchratmoqchimiz
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike bugun bo‘lib o‘tadigan Germaniyaga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Maqsadimiz – har bir o‘yinda g‘alaba qozonish va ochko qo‘lga kiritish. Men buni xohlayman va futbolchilarni ham shunga undayman. Germaniya - kuchli va yuqori darajali jamoa. Ular Evropa chempionatining favoritlaridan biri hisoblanadi, ammo biz ularni yutmoqchimiz. Menga Millatlar ligasi yoqadi va terma jamoalar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Germaniya – Ispaniya bellashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar