Lukaku keldi!

  • 29 iyun, 2022, 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku “Inter” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida Milan shahriga etib keldi. Belgiyalik futbolchi ko‘rikdan keyin sobiq jamoasi bilan rasmiy shartnoma imzolaydi.

Men “Inter”ga qaytganimdan juda xursandman, - dedi Romelu Lukaku.

Ta’kidlash joizki, Romelu Lukaku “Inter” tarkibida o‘ynagan mavsumda o‘z gollari bilan jamoaning Italiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan. Biroq, o‘tgan yili yozda “Chelsi”dan tashgan taklifni qabul qilgan milanliklar hujumchini 97,5 million funtga sotib yubordi.

Angliyaga qaytganidan keyin Lukakuning o‘yinida keskin pasayish kuzatildi. U mavsum davomida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 15 ta to‘p kiritdi xolos.

Tomas Tuxel qo‘llagan o‘yin taktikasiga to‘g‘ri kelmagan futbolchi vaqtni boy bermaslik uchun boshqa jamoaga o‘tishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!