
Lukaku Mbappe qurboniga aylanadi
“Chelsi” bilan uzoq muddatli shartnomaga ega bo‘lgan Romelu Lukaku ijara asosida “Inter”da o‘ynab yuribdi.
“Aristokratlar” belgiyalik hujumchini Italiyada uzoq qoldirmoqchi emas. “Chelsi” xo‘jayin Todd Byoli tez orada Kilian Mbappeni transfer qilishni istayapti. PSJ ham frantsiyalik qaysar hujumchining ketishiga tayyorlanmoqda va unga o‘rinbosar qidiryapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar Romelu Lukakuni taklif qilishni mo‘ljallamoqda. Bu “Chelsi”ga qo‘l keladi va londonliklar 29 yoshli to‘purarni Mbappe transferiga qo‘shmoqchi.
PASJ mo‘ljallida bir necha hujumchi bor. Lekin parijliklar Lukakuning katta tajribasiga va uni olish nisbatan arzon tushishiga alohida e’tibor qaratyapti.
Ayni paytda Romelu Lukakuning transfer summasi 50 million funtni tashkil qilyapti. Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati belgiyalik hujumchining kelajagiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi aytilmoqda.
Fikrlar