
Lukakuga qudratli xaridor chiqdi
“Inter”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Romelu Lukaku Angliya premer-ligasiga qaytganidan keyin o‘z darajasida o‘ynay olmayapti.
Bu belgiyalik hujumchi uchun rekord summa – 97,5 million funt sarflagan “aristokratlar”ning noroziligiga sabab bo‘ldi. Lukakuning Londondagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Klub mutasaddilari uning o‘rniga boshqa hujumchi qidirayotgani ham bor gap. Ayniqsa, klub xo‘jayini Roman Abramovich “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni Londonga kelishini istamoqda.
Lukaku atrofida vujudga kelgan vaziyatdan PSJ unumli foydalanib qolmoqchi. Parijliklar mahoratli futbolchi transferi uchun 75 million funt tikishga tayyor.
Romelu Angliyaga kelganidan buyon barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushdi va o‘z hisobiga sakkizta gol yozdirib qo‘ydi. Bu ko‘rsatkich “Chelsi” rahbarlarini umuman qoniqtirmayapti
Fikrlar