
Lyubinko Drulovich: Hindistondan bunday o‘yin kutmagan edik
"O‘ylashimcha, bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Musobaqaning birinchi uchrashuvlari doimo qiyin o‘tadi. Shunday bo‘lsada, futbolchilarimni maqtay olaman, ular yaxshi harakat qilishdi. Hindistondan bu qadar yaxshi o‘yin kutmagan edik. Ular bizga etarli darajada qarshilik ko‘rsata olishdi.
Bobir Abduxoliqovda jarohat bor edi va 7 kundan buyon mashg‘ulot o‘tkazmagan edi. Shu bois uni bugun asosiy tarkibda tushirmadik.
"Paxtakor" tarkibidagi o‘yinlari bois Jasur Yaxshiboev musobaqaga 5 kun qolganida safimizga qo‘shildi. Uni fantastik o‘yinchi deb bilaman va zaxiradan uchrashuvga qo‘shilgach, o‘yinni kuchaytira oldi.
Oston O‘runov yosh bo‘lishiga qaramay, to‘pni tom ma’noda sevadi. Men undan biroz oddiyroq o‘ynashini so‘radim. Bu futbol va xatolar bo‘lishi tabiiy.
Ispaniya va Turkiyadagi yig‘inlarda himoya borasida ish olib borgan edik va Xojiakbar Alijonov o‘yinga 5 kun qolganida qo‘shilgani bois o‘zim bilgan futbolchilarga ishonch bildirdim.
4 kun ichida tiklanib oshilimiz kerak. Ikki kundan so‘ng bo‘ladigan Hindiston - Tojikiston uchrashuvini albatta tomosha qilamiz. Asosiysi tiklanib olishimiz", - dedi Drulovich.
Fikrlar