Lyubinko Drulovich oxirgi matbuot anjumanida nimalar dedi?

  • 30 yanvar, 2020, 12:41
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bilasiz, yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etdi va yakunda 4-o‘rinni egalladi.

Qit’a chempionati yakunlariga bag‘ishlab bugun O‘FA anjumanlar zalida Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

- Chempionatning hal qiluvchi qismiga tayyorgarlikni Toshkenda boshladik. Keyn Dubayda shug‘ullandik. Musobaqaga yaxshi tayyorlangan edik. Biz musobaqaga tayyor edik.

Chempionatni ham yomon o‘tkazmadik. Eron, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi yomon harakat qilmadik. Biz guruhda faqat Janubiy Koreyaga yutqazdik. Bu jamoa eng kuchli ekanligini isbotladi. Ularga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganimizdayoq bilgandim, kuchli ekanligini.

Chorak finalda yirik g‘alabaga erishdik. Saudiyaga qarshi bahsda omadimiz kelmadi. Avstraliya bilan o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Lekin bitta kam bo‘lib qolganimiz baribir ta’sir qildi. Terma jamoadagi barcha Olimpiadaga chiqishni istagandi. Biroq vazifani uddalay olmadik.

Musobaqada faqatgina Koreya tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Qolganlar asosiy tarkibni aniqlab olib maydonga tushirdi. Men o‘zim uchun asosiy tarkibni tanlab oldim va ularga ishonch bildirdim.

Jamoadagi barcha futbolchilar professional. Kimga qachon ishonch bildirsam, o‘sha paytda maydonga tushib, bor kuchi bilan harakat qildi.

Biz eng yaxshi deb bilgan 23 futbolchini chempionatga olib ketdik. Superliga klublarida yaxshi futbolchilar ko‘p. Ammo biz o‘zimizga ma’qul kelganlarni terma jamoaga jalb etdik.

Men olimpiya terma jamoasiga avvallari chaqirilmagan futbolchilarni jalb qilib, qaysidir ma’noda o‘zim uchun kashf etdim. Misol uchun Oybek Bozorov. Bozorov kashfiyotga ham aylandi va chempionatning eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. Qolaversa, tarkibimizda kelajakda milliy terma jamoaga foydasi tegadigan futbolchilar bor. Ular o‘sishdan to‘xtab qolishmasa bo‘lgani.

O‘FA bilan tuzgan shartnomam yakunlandi. Biz shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldik.

Olimpiya termasida katta salohiyatga ega futbolchilar juda ko‘p. Asosiysi ular to‘xtab qolmasligi kerak. Shunda ular katta natijaga erishishadi.

Birinchi navbatda O‘zbekiston xalqiga rahmat aytmoqchiman. Bizni doim qo‘llab turishdi. Afsuski, har qancha harakat qilmaylik olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadik. Bu jamoa kelajakda katta natijalarga erishadi. Biz chempionatda 4-o‘rinni qo‘lga kiritdik. Olimpiadaga esa 3 ta jamoa yo‘l oladi, - dedi Drulovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
SCAUT
30/01/2020 16:12
Soqqani qildi va qochdi barchaga tashakkur
&
fc.navbahor
30/01/2020 15:35
Sani shaxsan men murabiy dep oylamayman qani seni U 23 dagi imzoing oston urunovni omading
Абдусамат Жураев
30/01/2020 13:18
Суррррр яна яралама дардни энди асабла узига келяпкан эди туркингни куриб асаббузиляпти
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
30/01/2020 13:12
Shumi matbuot anjumani. huddiki uyindan keyinki qisqa fikrlarku. qani jurnalistla. Savol berib olmadimi. uta kulguli. nima qilasila. chiqarib bunoqa narsalarni.