Lyusi Shafarjova "BNP Paribas Open - 2018" qatnashmaydi
Chexiyalik tennischi Lyusi Shafarjova "BNP Paribas Open - 2018" turnirida ishtirok eta olmaydi.
8-18 mart kunlari Indian-Uellsda o‘tkaziladigan "BNP Paribas Open - 2018" musobaqasining asosiy to‘rida qatnashmasligi haqida turnir tashkilotchilariga xabar bergan.
Tashkilotchilar bu xabardan so‘ng, Lyusi o‘rniga xorvatiyalik Petra Martichni musobaqaga taklif qilishdi.
Fikrlar