Madrid klubi supertransferni e’lon qiladi

  • 12.01.2021 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropaning grand klublari nishonida turgan “Lion” hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Madridliklar frantsiyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oldi va keyin uning transferi 33 million evroga to‘liq xarid qilish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Mussa “Atletiko” hujumida jamoani tark etgan Diego Kosta o‘rnini egallaydi va Luis Suares bilan birga o‘ynaydi.

Diego Simeone jamoasi “Lion” va Dembelening o‘zi bilan transferning barcha shartlarini kelishib bo‘lgan va tez kunlarda bu yangilik rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!