
Madridda "tozalash" ishlari: Yozda "Real"ni sakkiz futbolchi tark etadi
"Real" yozgi transfer oynasi vaqtida bir qancha futbolchilarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Marca nashri xabariga ko‘ra, "Real" rahbariyati ushbu tozalash ishlaridan 180 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra, madridliklar Xavi Sanchesning "Valyadolid" va Ashraf Hakimining "Inter"ga transferidan 43,5 million evro jamg‘arib ulgurdi.
Endi klub Garet Beyl, Xames Rodriges, Luka Yovich, Oskar Rodriges, Dani Sebalos, Xesus Valexo, Mariano Dias, Serxio Regilon va Braim Diaslar uchun xaridor topmoqchi.
Manbaga ko‘ra, Xames "Benfika"ga, Oskar "Vilyarreal" yoki "Milan"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Murabbiylar shtabi Luka Yovich iqtidoriga yuqori baho bermoqda va uni faqat ijaraga yubormoqchi. Unga "Milan", "Gerta" va "Monako" klublari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, "Arsenal"da ijarada to‘p surayotgan Dani Sebalos Londonda qolishi, Valexo esa "Granada"ga yo‘l olishi mumkin.
Fikrlar