Madridliklarning uch futbolchisi Saudiyaga otlandi
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone shogirdlari orasida Saudiya Arabistoni klublariga o‘tmoqchi bo‘lganlar borligini ma’lum qildi.
- Transferlar hech qachon oson bo‘lmaydi. Chunki bu bir kishiga bog‘liq bo‘lmagan murakkab jarayon. Kimdir ketadigan bo‘lsa, murabbiy hech qachon xotirjam qarab turolmaydi.
Qishki transferlar vaqtidagi harakatlar yozdagichalik ko‘p bo‘lmaydi.
Jamoamizning uch nafar futbolchisi yozda Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin. Ayrim futbolchilar ko‘proq o‘ynashni xohlaydi va aynan mana shu sabab bilan boshqa jamoalarga o‘tib ketishadi. Hozir jamoada raqobat juda kuchli va hech kimning joyi kafolatlanmagan.
Raqobat – uni to‘g‘ri qabul qiladiganlar uchun chiqarilgan, - dedi Diego Simeone.
Fikrlar